Maxfiylik qoidalari
AZDOS saytida akkaunt va murojaat ma’lumotlari qanday ishlatilishi shu sahifada tushuntiriladi.
Qaysi ma’lumotlar saqlanadi?
- Akkaunt: ism, login, parolning xeshi, sessiya va tiklash kodining xeshi; tasdiqlangan bo‘lsa email.
- Klub ulanganida: GameClass akkaunt holati, balans ma’lumoti va yangilangan vaqt.
- Murojaat: ism, telefon, mavzu va xabar. Hamkorlikda klub nomi, shahar, kompyuterlar soni va ishlatilayotgan dastur.
Nima uchun foydalaniladi?
Akkauntga kirish, klub bilan bog‘lanish, balansni ko‘rsatish, xizmat so‘rovini ko‘rib chiqish va siz bilan telefon orqali bog‘lanish uchun. Murojaatingiz ochiq saytda chiqarilmaydi; uni admin hisobiga kirgan egasi ko‘radi.
Saqlash va himoya
Parollar ochiq shaklda saqlanmaydi. Klub parolini moslash uchun yuboriladigan vazifa shifrlanadi. Sayt Cloudflare infratuzilmasidagi server bazasi va fayl omboridan foydalanadi. Pochta xizmati yoqilganida tasdiqlash va tiklash xatlari Resend orqali yuboriladi.
Murojaatlar 180 kundan keyin navbatdagi server tekshiruvida o‘chiriladi. Egasi arizani oldinroq ham o‘chirishi mumkin. Akkaunt yoki ma’lumotlarni o‘chirish uchun administratorga murojaat qiling; egaliigingiz tekshiriladi.
Cookie va texnik ma’lumotlar
Brauzer kabineti 12 soatgacha, admin kabineti 8 soatgacha amal qiladigan xavfsiz sessiya cookie faylidan foydalanadi. Unda parol bo‘lmaydi. So‘rovlar sonini cheklash uchun IP asosidagi xesh va vaqt belgisi ishlatiladi. Sayt reklama kuzatuvi uchun cookie qo‘shmaydi.
Sizning tanlovingiz
Sayt xizmatlarini akkauntsiz ko‘rishingiz mumkin. Formani yuborish uchun murojaatni ko‘rib chiqishga rozilik belgilang. Parol, karta raqami, CVV va boshqa maxfiy ma’lumotlarni murojaat formasiga yozmang.
Bog‘lanish
Ma’lumotlaringizni tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha: +998 93 769 07 07 yoki murojaat formasi.
Yangilangan: 12-oktabr 2026